Yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirishga qaratilgan uchrashuv

O‘quvchi yoshlarning huquqiy bilim va madaniyatini yanada oshirish, ularda Konstitutsiya va qonunga hurmatda bo‘lish munosabatini shakllantirish, shuningdek yoshlar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish maqsadida Zarafshon shahridagi 10-umumiy ta’lim maktabi o‘quvchilari ishtirokida “Sudya va yoshlar” uchrashuvi tashkil etildi.

Mazkur uchrashuv davomida o‘quvchi yoshlarlarning hayotda o‘z o‘rinlarini topishlari, sog‘lom turmush tarzini tashkil qilish va yot g‘oyalarga berilmaslik borasida zarur maslahatlar berib o‘tildi hamda bu borada sud amaliyotidan misollar keltirildi.

Shuningdek, targ‘ibot tadbiri jarayonida yangi tahrirdagi Konstitutsiyamizning ahamiyati hamda inson huquq va erkinliklarini ta’minlashdagi o‘ziga xos jihatlari, shuningdek jamiyatda inson huquqlarining o‘rni mavzusining mazmun-mohiyati o‘quvchi yoshlarga tushuntirib o‘tildi hamda ularning savollariga amaliyotchi mutaxassis tomonidan tushuntirish berildi.

 

Sherali Ochilov,

 

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Zarafshon tumanlararo sudi raisi