Navoiy viloyat sudi raisining ommaviy sayyor qabuli o‘tkazildi

         Karmana tumani “Talqoq” MFY binosida Navoiy viloyat sudi raisining ommaviy sayyor qabuli o‘tkazildi.
        Sayyor qabulda tumandagi jinoyat, iqtisodiy va fuqarolik ishlari bo‘yicha sud raislari bilan birga tuman hokimi va xalq qabulxonasi vakillari ham ishtirok etdi. Ommaviy sayyor qabul jarayonida 50 dan ortiq fuqarolarning sud-huquq sohasidagi murojaatlari tinglandi. Shundan, 11 ta murojaatlar joyida ijobiy hal qilinib, qanoatlantirildi, qolgan murojaatlar yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berildi.
        Shuningdek, sayyor qabulda muqaddam jinoyat sodir etib, jazo muddatini o‘tayotgan 7 nafar shaxsga nisbatan insonparvarlik tamoyillari qo‘llanilib, o‘talmay qolgan jazodan muddatidan ilgari shartli ozod etildi.