Sport sohasida korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan seminar o‘tkazildi

Jinoyat ishlari bo‘yicha Navoiy shahar sudi raisi B. Aliqulov va Navoiy shahar prokurori o‘rinbosari B. Qulmurodov ishtirokida sport sohasidagi trenerlar, metodistlar hamda ishchi xodimlar uchun seminar tashkil etildi.

Seminarda O‘zbekiston Respublikasining «Sport sohasida korrupsiyaning oldini olish maqsadida O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida» 2024yil 4noyabrdagi O‘RQ-988-son Qonuni mazmun-mohiyati keng tushuntirildi. Shuningdek, ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga mas’ul xodimlar tomonidan to‘liq javoblar taqdim etildi.

Tadbir davomida ishtirokchilar o‘z huquqiy bilimlarini oshirishdi hamda bunday targ‘ibot tadbirlarini kelgusida ham davom ettirish zarurligi haqida fikr bildirishdi.

 

Bahodir Aliqulov,

Jinoyat ishlari bo‘yicha Navoiy shahar sudining raisi